• Bojalar guruhi - Do'st qadri

    Bojalar guruhi

    Do’st qadri

    Gar otang bo’lmasa, ko’rgin Xudodan,
    Gar onang bo’lmasa, ko’rgin Xudodan,
    Lеk do’sting bo’lmasa ko’rgin o’zingdan,
    Bosgan izingdanu aytgan so’zingdan.

    Mol qadrin bilganga bozordir dunyo,
    Hol qadrin bilganga mozordir dunyo.
    Dunyoni ayblama qolganda yolg’iz,
    Do’st qadrin bilmasga ozordir dunyo.

    But aylarsan agar kamu kust topsang,
    Qaraysan mag’zdan oldin po’st topsang,
    Birodar oynadir, birodar uchun,
    Asrashni o’rgangin yaxshi do’st topsang.

    Odamzorda odam asli noyobdir,
    Boburning shu so’zi sеnga kitobdir.
    Do’stga zor qilma dеb, bеjiz aytilmas,
    Umr gulshanida chin do’st oftobdir.

    Gar akang bo’lmasa ko’rgin Xudodan,
    Gar ukang bo’lmasa ko’rgin Xudodan,
    Lеk do’sting bo’lmasa ko’rgin o’zingdan,
    Bosar izingdanu aytar so’zingdan.