Bojalar guruhi - Esingdami

Bojalar guruhi

Esingdami

Biz tanishgan edik bahor faslida,
Uchrashardik doim visol oqshomida.
Sen ketding mendan, jonim, bir zumda,
To`yolmagan edim shahlo ko`zingga.

Esingdami o`shal oqshomlar,
Esingdami o`sha tuyg`ular?
Esingdami, jonginam, o`zing
Sevaman deb va’da berganing? (x2)

Menga qarardi sening shahlo ko`zlaring,
Tinglardim doim mayin ovozing.
Endi kimga qarar sening ko`zlaring,
Kim tinglar sening mayin ovozing?

Esingdami o`shal oqshomlar,
Esingdami o`sha tuyg`ular?
Esingdami, jonginam, o`zing
Sevaman deb va’da berganing? (x2+x2)

Esingdami…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Esingdami
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 27, 2017