Bojalar guruhi - Eslama meni

Bojalar guruhi

Eslama meni

Bugun seni, bugun seni yo’qotdim butkul,
O’zga uyga, o’zga uyga uzatdilar majbur.
Hech nima meni, hech nima meni kelmadi qo’limdan,
Armonlar meni, armonlar seni siltalaydi bugun.

Eslama meni, eslama meni o’zga uyingda,
Eslama meni, o’ylama meni hech qachon hayotda.
Armonli dunyo, azobli dunyo ravo ko’rmasman hech,
Baxtli bo’lgin, taxtli bo’lgin –
Baxtli bo’larman men, baxtli bo’larman men.

Oq libos senga, oq libos senga juda yarashar,
Lekin afsus, lekin afsus u kunlar ko’rmayman.
Ko’zing yoshlama, qalbing o’rtama senga yarashmas,
Ayol yig’lasa, ayol kuyunsa, kuyar ekan hayot.

Eslama meni, eslama meni o’zga uyingda,
Eslama meni, o’ylama meni hech qachon hayotda.
Armonli dunyo, azobli dunyo ravo ko’rmasman hech,
Baxtli bo’lgin, taxtli bo’lgin –
Baxtli bo’larman men, baxtli bo’larman men. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Eslama meni
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 15, 2014