Ey dunyo, jonimni olging bormi?
Ey dunyo, yo mendan kechishing bormi? (x2)
Sog` bo`lay deyman – yuragim xasta,
Boshimda g`amlar ko`p, tinching bormi? (x2)

Ey dunyo, jonimni olging bormi?
Ey dunyo, yo mendan kechishing bormi?

Men uchun gul ochgan bog`lar qani?
Kel, bitta suyanay, tog`lar qani? (x2)
O`zimki telbaman, sog`lar qani?
Ko`zimda namlar ko`p, tinching bormi?

Ey dunyo, jonimni olging bormi?
Ey dunyo, yo mendan kechishing bormi?

Suvlarda oqizib ketgin dardim,
Belgilab berarsan o`zing qadrim, (x2)
Sen meni sevsang ayt, men ham sevardim,
Borimda kamlar ko`p, tinching bormi?

Ey dunyo, jonimni olging bormi? {x2}
Ey dunyo, yo mendan kechishing bormi?

Sog` bo`lay deyman-o – yuragim xasta,
Boshimda g`amlar ko`p, tinching bormi?
Ey dunyo, jonimni olging bormi?
Ey dunyo, yo mendan kechishing bormi?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ey dunyo
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 2, 2017