• To`xtagin, gapim bor,
    Shoshilib, ketma yonimdan,
    Ey dildor, ey dildor.
    Kechalari bedor,
    Uyqusizlikdan bo`lib qoldim bemor,
    Man bemor.

    Har kuni ozor berdi jonim-a,
    Nahotki rahmi kelmadi holim-a?
    Yoki sevgani bormi, gumonim-a,
    Ne qilayin, shudir mani borim-a.

    Hali-hali alamimni olaman,
    Man bitta gapli bolaman.
    Yori bo`lib olib, o`zim bilaman.

    Voy asalim, Guli,
    Ko`ylaklari gulli.
    Savlat to`kib yoningda man,
    Yoring bo`lib yuray.

    Ay-yay Guli,
    Voy, voy, voy Guli,
    Oshiqlaring ichida bitta
    O`zim yoring bo`lay.

    Tingla, yolg`on emas,
    So`zlarimga quloq solgin-ey
    Bir pas, voy, bir pas.
    Emas oddiy havas,
    Kamina aslo unday bola emas,
    Befarq emas.

    Yana ozor berdi jonim-a,
    Nahotki rahmi kelmadi holim-a?
    Yoki sevgani bormi, gumonim-a,
    Ne qilayin, shudir mani borim-a.

    Hali-hali alamimni olaman,
    Man bitta gapli bolaman.
    Yori bo`lib olib, o`zim bilaman.

    Voy asalim, Guli,
    Ko`ylaklari gulli.
    Savlat to`kib yoningda man,
    Yoring bo`lib yuray.
    Ay-yay Guli,
    Voy, voy, voy Guli,
    Oshiqlaring ichida bitta
    O`zim yoring bo`lay. (x1+x1)