Bojalar guruhi - Haftasiga

Bojalar guruhi

Haftasiga

Yo`llaringni to`sganimda,
Oyog`ingni bosganimda,
Kelmadimi xayolingga
Seni sevishim qancha?

Haftasiga hech bo`lmasa
Shanba kuni va yakshanba,
Chuqur-chuqur o`ylasang,
Tushunib olarding ancha.

Ko`changdagi do`kondan
Olib boraman qo`g`irchoq.
Yuguraman, yuguraman,
Tutib olib, qiyo boq.

Haftasiga ikki bora
Ishlaganda boshing zora,
Sevib qolarding tobora,
Qilganimda ishora. (x2)

Har niyatim beg`ubor-ey,
O`zim esa betakror-ey,
Menga demagin zinhor-ey:
“E borey, borey”.

O`ylamasdan qaror qilma,
Toqatimni bezor qilma.
Sani manbop, mani sanbop,
Bu taqdirni unutma.

Ko`changdagi do`kondan
Olib boraman qo`g`irchoq.
Yuguraman, yuguraman,
Tutib olib, qiyo boq.

Haftasiga ikki bora
Ishlaganda boshing zora,
Sevib qolarding tobora,
Qilganimda ishora. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Haftasiga
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 8, 2017