Qo`llarimda qalam, o`ylab qoldim bu dam,
Ko`zlarimda shabnam, dilga soldi alam
Benazir sanam.
Topolmasam bir dam, yonib havotirda,
Tongda sabolardan, tunda samolardan
Uni so`rayman.

Ahvolim bilmayman, yonsamda kuymayman,
Unga tik qarayman, ko`zimni yummayman
Ayni shu zamon.
Albatta begumon, yuragim tarjimon
So`zlarim aytishga, oshkora etishga
Kerakmas zabon.

Hay-hay, so`zlariga o`zim mubtalo bo`lay,
Voy-voy, ko`zlaridan ilhomlanib men kuylay.
Hay-hay, so`zlariga o`zim mubtalo bo`lay,
Voy-voy, ko`zlaridan ilhomlanib men kuylay.

So`zlarim benolon, teskari bu osmon,
Shunga aqlim hayron, murojaat et shu on,
Ey, sarvi ravon.
Seni o`ylab hamon, dil bo`lmasin xazon,
Sevilayin mudom, meni ayla shodon,
Sevaman debon.

Ahvolim bilmayman, yonsamda kuymayman,
Unga tik qarayman, ko`zimni yummayman
Ayni shu zamon.
Albatta begumon, yuragim tarjimon
So`zlarim aytishga, oshkora etishga
Kerakmas zabon.

Hay-hay, so`zlariga o`zim mubtalo bo`lay,
Voy-voy, ko`zlaridan ilhomlanib men kuylay.
Hay-hay, so`zlariga o`zim mubtalo bo`lay,
Voy-voy, ko`zlaridan ilhomlanib men kuylay. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hay-hay
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 31, 2016