• (Farzandlarim o`rniga men bemor bo`lay,
    Kerak bo`lsa, ularga bor jonim beray.
    Qancha toshing bo`lsa, mayli menga ot,
    Faqat farzandlarim yig`latma, hayot!)

    [Bojalar guruhi]
    Besh kunlik hayotsan,
    Sira bilmaysan shafqat.
    Kimga berarsan baxt,
    Kimgadir esa zahmat.

    So`nggi nafasgacha aytarman rahmat,
    Agar toshing bolamga emas, menga otsang,
    Bir umr bolalarim yig`latmasdan o`tsang.

    Doimo kulib yursin,
    O`tsin vaqti chog`.
    Baxtimga iloyim,
    Bo`lsin tani-joni sog`.

    Bir qisim bu ko`nglim bo`lar edi tog`,
    Agar toshing bolamga emas, menga otsang,
    Bir umr bolalarim yig`latmasdan o`tsang.

    Qancha toshing bo`lsa, mana menga ot,
    Faqat farzandlarim yig`latma, hayot.
    Qancha toshing bo`lsa, mana menga ot,
    Faqat bolalarim yig`latma, hayot!

    [Orolmirzo Safarov]
    Har bir o`tgan oni mudom baxtga to`lsin,
    G`am-tashvishlar undan ancha yiroq bo`lsin.
    Mayli, mening umr gulim so`lsa so`lsin,
    Agar toshing bolamgamas, menga otsang,
    Bir umrga farzandlarim baxtli etsang.

    Yulduz kabi porlab tursin ikki ko`zi,
    Butun bo`lsin farzandlarim rizq-u ro`zi.
    Ular baxtli bo`lsa basdur, men sendan rozi,
    Agar toshing bolamgamas, menga otsang,
    Bir umrga farzandlarim baxtli etsang.

    Qancha toshing bo`lsa, mana menga ot,
    Faqat farzandlarim yig`latma, hayot! (x2)

    [Bojalar guruhi]
    Qancha toshing bo`lsa, mana menga ot,
    [Orolmirzo Safarov]
    Faqat farzandlarim yig`latma, hayot! (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.