• Ketdik-ketdik, bolalar ketdik,
    Mahallada ishkal, ketdik.
    Darvozabon Abdusattor
    Nog`orachini quvib ketdi.

    A man bo`lsam zarda qildim,
    Bormaylik deb sha’ma qildim.
    Bektosh aka do`kondan chiqib,
    Man ham boraman, deb baqirib ketdi.

    Do`stlarim “Jan”ni ustidan kuladi
    “Качок” bola deb, “качок” bola deb,
    Man yoqtirgan go`zalning akasi u. (u, u)
    Hey go`zalim, akangga ayt,
    Haddidan oshmasin.
    Hey go`zalim, akangga ayt,
    Hadeb “протеин” yeyurmasin, yaxshimas-o`!

    Jamila, Sattor akaning erka qizi,
    Jamila, mahallaning “fisht-fisht” qizi,
    Jamila, Jamila, Jamila.

    Ketdik-ketdik, bolalar ketdik,
    Mahallakom keldi, ketdik.
    Elektrik Anvar aka
    Jahl bilan chopib ketdi.

    A man bo`lsa ishim yo`q,
    O`zi bitta tishim yo`q.
    Baqir-chaqir to`polonga
    Mani uncha xushum yo`q.

    Do`stlarim “Jan”ni ustidan kuladi
    “Качок” bola deb, “качок” bola deb,
    Man yoqtirgan go`zalning akasi u. (u, u)
    Hey go`zalim, akangga ayt,
    Haddidan oshmasin.
    Hey go`zalim, akangga ayt,
    Hadeb “протеин” yeyurmasin, yaxshimas-o`!

    Jamila, Sattor akaning erka qizi,
    Jamila, mahallaning “fisht-fisht” qizi,
    Jamila, Jamila, Jamila.

    Jamilya, Sattor akaning erka qizi,
    Jamilya, mahallaning shaddod qizi,
    Jamilya, Jamilya, Jamilya.

    Jamila, Sattor akaning erka qizi,
    Jamila, mahallaning “fisht-fisht” qizi,
    Jamila, Jamila, Jamila.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.