[Bojalar guruhi]
Assalomu alaykum. Muxlislarimizga yana bitta salom.
Mana yana “Bojalar” guruhidan intilgan yana bitta shogird.
Mana sizlar uchun o`zi intilib, talanti ila chiqmoqda sahna ortidan
Abdurasul!

[Abdurasul]
Ana bo`ldima bir ko`ribon gado,
Har holatim bedavo.
Yurakda jon dardli navo,
Bugunda darbadarman.

Mani yo`qlagani borarim oson,
Har ayyom-u har zamon.
Sen nega kelmaysan, yoron?
Jonim, hamon hayronman.

Kecha-yu kunduzim yomon,
Sen esa meni chorlamaysan
Hech o`zing tomon,
Qani davom?

Yuguradi xayollarim,
Uziladi jonim o`ylasam
Seni jonim,
O`, qora ko`zim.

Jim-jim, sevmayman demagin,
Yuragimni tilmagin,
Armonimni bekor etmagin.
Jim-jim, sevmayman demagin,
Jondan to`ydirmagin,
Armonimni bekor etmagin, jim.

Mani ko`zlaganim – qora ko`zlaring,
Beg`ubor tabassuming.
Ko`nglimga yoqqan nozlaring,
Qara, shirin so`zlaysan.

Nega inkoring oshkora etasan?
Aytganingdan qaytmaysan.
Qalbimga og`u joylaysan,
Qara, jonim ovlaysan.

Kecha-yu kunduzim yomon,
Sen esa meni chorlamaysan
Hech o`zing tomon,
Qani davom?

Yuguradi xayollarim,
Uziladi jonim o`ylasam
Seni jonim,
O`, qora ko`zim.

Jim-jim, sevmayman demagin,
Yuragimni tilmagin,
Armonimni bekor etmagin.
Jim-jim, sevmayman demagin,
Jondan to`ydirmagin,
Armonimni bekor etmagin, jim.

[Bojalar guruhi]
Qosh-kipriklaringizni tarab, jilmayib bolaga qarab,
Salom degan so`zingiz nahotki uning qalbini eritgan bo`lsa?
Uning qalbida alanga olib, sizga his-tuyg`ulari uyg`ongan payt,
Nahotki sizga alik olishi shunchalar qiyin bo`lsa?
Sabab:

Asal, shakar, novvot demadi,
Hammaning oldida uyaltirmadi.
Ketingdan ergashib yurmadi,
Sabab – sevadi.

Dilidagi gapni so`zlayolmadi,
Boshingni og`ritib yuray demadi.
Borlig`ini sanga ko`rsatolmadi,
Hami, yo`qmi? So`zla gap-gap!
So`zla gap-gap, so`zla gap-gap!

[Abdurasul]
Jim-jim, sevmayman demagin,
Yuragimni tilmagin,
Armonimni bekor etmagin.
Jim-jim, sevmayman demagin,
Jondan to`ydirmagin,
Armonimni bekor etmagin, jim. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jim
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2017