Bojalar guruhi - Ulug'im Vatanim

Bojalar guruhi

Jonajon Vatanim

Umrimning ma’nosi,
Ko`zimning qarosi – bu Vatanim,
Hayotim, sabotim,
Qo`shig`im, bayotim – ona tuprog`im.

Kim bilmasa bilmasin, sezmasa sezmasin
G`animlar borim, mening borim.
Lekin xo`rlolmaslar, yuzqora qilmaslar,
Ogohmiz biz yoshlar.

Jonajon Vatanim, yuragim, gavharim,
Yo`limda sarbonsan, o`zingsan safarim.
Tanimda madorimsan, zulmatda chirog`imsan,
Ajdodlar sabog`i – o`zing Vatanimsan.

Ozod, hur, omadim shudir,
Tinchligingga ko`z tegmasin, quyosh sochar nur.
Jonajonim, jannatmakonim,
Ming shukr, yonimda oilam, xonadonim.

O`zga yurtda sening mehring sezolmadim,
Qancha so`zlamayin senga ta’rif tuzolmadim.
Madorim, jonim – O`zbekistonim,
Sengadir bu jonim, tomirimdagi qonim.

Musaffo osmonim, quvonchli har onim,
Obod Vatanim, ozod Vatanim.
Otamsan, onamsan, mening yagonamsan,
Bog`u bo`stonim, jannatmakonim.

Bilmasa bilmasin, sezmasa sezmasin
G`animlar mening borim.
Lekin xo`rlolmaslar, yuzqora qilmaslar,
Ogohmiz biz yoshlar.

Jonajon Vatanim, yuragim, gavharim,
Yo`limda sarbonsan, o`zingsan safarim.
Tanimda madorimsan, zulmatda chirog`imsan,
Ajdodlar sabog`i – o`zing Vatanimsan.

Ulug`im Vatanim, behishtim, gavharim,
Yo`limda sarbonsan, o`zingsan safarim.
Tanimda madorimsan, zulmatda chirog`imsan,
Ajdodlar sabog`i – o`zing Vatanimsan. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jonajon Vatanim
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 22, 2015