Bojalar guruhi - Kechalar

Bojalar guruhi

Kechalar uxlolmayman

Go`zal vasling tunlar bedor ko`zga ilindi,
O`rtamizda qalin devor barpo etildi.
Derazang yoniga pinhona keldim,
Dilga yaqin ovozingni tinglash istadim.

Kechalar uxlolmayman,
Nolam unsiz.
Dardim hechkim tinglamas,
Yolg`izman cheksiz. (x2)

Suratingni yuragimga chuqur joyladim
Mador olay, deb yashashimga unga nazar soldim.
Insonlar ikkimizni teng ko`rmadilar,
So`nmoqlikni ishq nurini o`ylamadilar.

Kechalar uxlolmayman,
Nolam unsiz.
Dardim hechkim tinglamas,
Yolg`izman cheksiz. (x2+x2)

Dardim hechkim tinglamas,
Yolg`izman cheksiz…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechalar uxlolmayman
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 11, 2017