Ey uzun poshnali erkatoy qizcha,
Bo`ylaringni ko`z-ko`z qilaverma,
Kirmasin kinna. (kinna, kinna)
Ko`zdan kirgan bo`lsang chiq,
Boshdan kirgan bo`lsang chiq.

Ko`changga chiq,
Senga bir og`iz gapim bor,
Bahonalaring qilma, yor.
Qachongacha ishonib,
Sani to`g`ri tushunib yuraveraman?

Jiyda guli kecha to`kilib bo`ldi, yor,
Sabrim chegarasi to`ldi, yor.
Sodda ko`nglim sindirma,
Sinsa, boshqani sevib ketaveraman.

Kinna kirib, kinna kirib qoldimi,
Boshqacharoqsan, yor?
Yoqib isiriq, yoqib isiriq,
O`zingga kinna sol. (x2)

Atir sepib, oshiqlaringni qiynama, yor,
O`zingga qaratib o`ynama, yor.
Atirlarning hididan sovchilar
Darvozangni topib boradi.

Adashtirib, izlaringni chalkashtirib,
Boraman isiriq tutatib.
Sanga kinnani solib, yana bir qop
Isiriq tashlab ketaman.

Kinna kirib, kinna kirib qoldimi,
Boshqacharoqsan, yor?
Yoqib isiriq, yoqib isiriq,
O`zingga kinna sol. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kinna
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 15, 2017