[G`ulomjon Yoqubov]
Maftun etar bir qarasa,
Qalbim kuyi jaranglasa, (x2)
Ofatijon nozlaridan,
Kuydirmajon ovozlaridan. (x2)

[Bojalar guruhi va G`ulomjon Yoqubov]
Ko`zi-ko`zi, ko`zi-ko`zlari shahlo,
So`zi-so`zi, so`zlari shirin,
Buncha go`zal, buncha go`zal,
Buncha go`zal-ey!

[Bojalar guruhi]
Ko`zi-ko`zi, ko`zi-ko`zi, ko`zi mani ko`zlar,
O`zi-o`zi, o`zi-o`zi, o`zi mani izlar.
So`zi-so`zi, so`zi-so`zi, mani so`zim so`zlar,
Shahlo ko`zim mani, shirin so`zim mani.

Nozlariga man mahliyo,
Qalbim olar sandan ziyo,
Boqar go`zal qiyo-qiyo,
Kul bo`ldi jonim, kuydim-yo.

Bir keladi, bir qochadi,
Qarashlari jonim yoqadi.
Go`zallikda o`zi tanho,
Gullar sochaymi yo bebaho?

[Bojalar guruhi va G`ulomjon Yoqubov]
Ko`zi-ko`zi, ko`zi-ko`zlari shahlo,
So`zi-so`zi, so`zlari shirin,
Buncha go`zal, buncha go`zal,
Buncha go`zal-ey! (x2)

[G`ulomjon Yoqubov]
Ko`zi-ko`zi, ko`zi-ko`zi, ko`zi mani ko`zlar,
O`zi-o`zi, o`zi-o`zi, o`zi mani izlar.
So`zi-so`zi, so`zi-so`zi, so`zim mani so`zlar,
Shahlo ko`zim mani, shirin so`zim mani.

[Bojalar guruhi va G`ulomjon Yoqubov]
Ko`zi-ko`zi, ko`zi-ko`zlari shahlo,
So`zi-so`zi, so`zlari shirin,
Buncha go`zal, buncha go`zal,
Buncha go`zal-ey! (x2)

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’zlari shahlo
Xonanda:
Bojalar guruhi, G'ulomjon Yoqubov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 1, 2016