Bojalar guruhi - Lafzing yo'q

Bojalar guruhi

Lafzing yo’q

Lafzing yo`q,
Ayollikka xos bo`lgan vafo, farzing yo`q,
Azoblarga bardoshli hatto sabring yo`q,
O`zgaruvchan fasldan aslo farqing yo`q, farqing yo`q.

Lafzing yo`q,
Muhabbat olamida sening o`rning yo`q,
Kimlar bilan o`tsa kuning, senga farqi yo`q,
Ayollikka xos bo`lgan vafo, farzing yo`q, farzing yo`q.

Ishq – oliy ne’mat,
Gohida ko`zni ochadi musibat.
Ba’zan anduh, ba’zan lazzat,
Mukofot berar balki matonat.

Muhabbatga diyonat –
Senga begona hislat.
Sotqinlik, xiyonat
Nahot bu oddiy holat?
Insonga xos fazilat
Qalbingda qolmagan aslo.

Lafzing yo`q,
Ayollikka xos bo`lgan vafo, farzing yo`q,
Azoblarga bardoshli hatto sabring yo`q,
O`zgaruvchan fasldan aslo farqing yo`q, farqing yo`q.

Lafzing yo`q,
Muhabbat olamida sening o`rning yo`q,
Kimlar bilan o`tsa kuning, senga farqi yo`q,
Yuragimda endi senga joy yo`q, joy yo`q.

Insonlik tuyg`ulari san uchun oddiy safsata,
Qalbing tubida yo`q na lafz, na bir andisha.
Istagan yo`lingda davom et,
Sanga baribir hafsalam o`lgan.
Har tuproqqa o`ylab qadamingni bos,
Chunki shu tuproq ham qachondir bir majnun bo`lgan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Lafzing yo’q
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 16, 2017