• Bojalar guruhi - Lol bo'laman

    Bojalar guruhi

    Lol bo’laman

    Oh mani dilbarim, ko’zlari xulkarim,
    Har kecha husniga lol bo’laman.
    Lol bo’lib, anqayib, jim turib, tirjayib,
    Hayratdan tilim bemajol bo’laman.

    Qomatiga har qanaqa matodanam
    Kiyim kiysa yarashadir,
    Ey, hammasidan boshqacha
    Bu marg’iloncha atlasiga lol bo’laman.

    Lol bo’laman, lol bo’laman-ey,
    Marg’iloncha atlasiga lol bo’laman.
    Lol bo’laman, lol bo’laman-ey,
    Marg’iloncha atlasiga lol bo’laman.

    Oh buncha nozanin, mulozamati shirin,
    Jilmayib so’z desa, lol bo’laman.
    Jahl qilib, lab burib, begonaga rashk qilsa,
    Sahargacha she’r yozib, bedor bo’laman.

    Hovliga suv sepganda, qo’ni-qo’shni chiqqanda,
    Salom berib, choy uzatsa yarashadir.
    Jazavasidan tushib yana,
    Atlas ko’ylak kiyib chiqsa, lol bo’laman.

    Lol bo’laman, lol bo’laman-ey,
    Marg’iloncha atlasiga lol bo’laman.
    Lol bo’laman, lol bo’laman-ey,
    Marg’iloncha atlasiga lol bo’laman.

    Xo’p, xo’p, xo’p jon aka, Toshkentdan Farg’onaga,
    Yo’l-yo’lakay “pereval”da choyxonada osh bor, aka.
    Oboramiz-ey, oboramiz-ey, qatga desayiz oboramiz-ey,
    Faqat yo’lda 45 minut “zaprav”ka qivolamiz-ey.

    Lol bo’laman, lol bo’laman-ey,
    Marg’iloncha atlasiga lol bo’laman. (x3)