Tasodifan yoki bilmayman qanday
Qilib kirding mening tushlarimga.
Malika, dong`ing sening ketgan
Yetmish yetti mamlakatga.

Necha-necha shahzodalar
Nobud bo`ldi ishqingda.
Men ham keldim shu qatorda,
Sharting bajo aylashga.

O malika, o malika, o malika,
Jonimni beraman men senga.
O mali-malika, o mali-malika,
O mali-malika, malikam meni.

Yubording sen meni
Borsa qaytmas tarafga.
O malika, kutsang bo`ldi,
Men qaytarman albatta.

Podshohning yarim mulki menga
Kerak emas aslo.
Faqat bersin u qizini,
Men olib ketayin uyimga.

O malika, o malika, o malika,
Jonimni beraman men senga.
O mali-malika, o mali-malika,
O mali-malika, malikam meni. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Malikam
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 25, 2017

O'xshash qo'shiqlar matnlari