Bojalar guruhi - Mani yorim (Sevdim seni)

Bojalar guruhi

Mani yorim (Sevdim seni)

Sevdim seni go`zalim,
Yonib ishqingda.
Sevdim seni asalim,
Baxtim qo`lingda.

Keldim jonim yoningga,
Ko`zing yashirma.
Keldim yorim yoningga,
Ko`nglim yondirma.

Qalbim sirlarini
Anglagin mening,
Yurak dardlarimni
Tingla mening.

Mani yorim, mani yorim,
Mani ko`zlari xumorim.
Mani yorim, mani yorim,
Sen mening nozik niholim. (x2)

Mayli, azobla meni,
Ayla jazolaringni.
Faqat yo`q dema menga,
Yurakdan uzoq ketma.

Qalbim sirlarini
Anglagin mening,
Yurak dardlarimni
Tingla mening.

Mani yorim, mani yorim,
Mani ko`zlari xumorim.
Mani yorim, mani yorim,
Sen mening nozik niholim. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mani yorim (Sevdim seni)
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 22, 2017