E, qarama moda, yoqmasa kimda ayb?
O`zing diding, didingga boq. {x2}
So`rama, hamma o`ziga o`zgacha,
Oynaga boqsa tonggacha,
Yevropami yo milliycha, axir bu moda!

Bu samba, latinami yoki rumba,
Lik-likillab o`ynabsan,
Mana senga yaxshi moda. (moda, moda)
Dushanba, payshanbami yoki shanba,
Uydan ko`chaga chiqqanda,
Ko`ngilda har kun moda. (moda, moda)

E, indamay tanla, “fashion” turlicha,
O`zing diding, didingga boq. {x2}
Randalab, rangini rangiga qarab,
Turma-turmaklab tarab,
Surma-surma saralab, axir bu moda!

Bu samba, latinami yoki rumba,
Lik-likillab o`ynabsan,
Mana senga yaxshi moda. (moda, moda)
Dushanba, payshanbami yoki shanba,
Uydan ko`chaga chiqqanda,
Ko`ngilda har kun moda. (moda, moda)

Arabcha yo ispancha,
Bo`yingga yarashgancha,
Raqsbob harakatlaringga
Halaqitlar bermasin moda.

Ekranbob fotosessiya, intervyu,
Bugungi, erta, indin-yu,
A, senga necha marta aytim-ku,
Axir bu moda!

Bu samba, latinami yoki rumba,
Lik-likillab o`ynabsan,
Mana senga yaxshi moda. (moda, moda)
Dushanba, payshanbami yoki shanba,
Uydan ko`chaga chiqqanda,
Ko`ngilda har kun moda. (moda, moda) (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Moda
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 19, 2017