• Bojalar guruhi - Navro'z

    Bojalar guruhi

    Navro’z

    Shimimga qarab kulma, asalim,
    Navro`z keldi, deb atlas ko`ylak kiygin, go`zalim,
    Ey dilbar. (Navro`z, u-u-u)
    Yalpiz somsalar yopgan bo`lsang kerak,
    Men ham hovlimga ko`chat olib ekishim kerak,
    Ey dilbar. (Navro`z, o-o-o)

    Kiydim to`n, to`n, to`n,
    Beqasam to`n, to`n,
    Qani xaloyiq Navro`zingda kiy to`n.
    Yigitning guli kelar,
    Adras to`nlarda, qalam qosh.

    Qo`limda tanburim, shu barmoqlarim dadil,
    O`zbek xalq kuylarini boshlayman men hozir,
    Beshubha. (Navro`z, u-u-u)
    Qishlog`imda sumalakni yaxshi ko`rarlar,
    Ko`pkari o`ynab, varrak uchirib turarlar,
    Ey dilbar. (Navro`z, o-o-o)

    Kiydim to`n, to`n, to`n,
    Beqasam to`n, to`n,
    Qani xaloyiq Navro`zingda kiy to`n.
    Yigitning guli kelar,
    Adras to`nlarda, qalam qosh.

    – Hoy Dilshodbek.
    – A labbay?
    – Men sizni o`xshatdim.
    – A nimaga o`xshatdiz?
    – Sumalakka!
    – Sumalak bo`lsam nima qilardiz?
    – Jimjilog`imni tiqib (aha) yalardim.

    Kiydim to`n, to`n, to`n,
    Beqasam to`n, to`n,
    Qani xaloyiq Navro`zingda kiy to`n.
    Yigitning guli kelar,
    Adras to`nlarda, qalam qosh.

    Bir lang-dum-dum,
    Qani lapardan ola qol endi, dum-dum.
    Cho`ponni belgilab, oraga gum-gum,
    Yelkalilar qara raqs, sumalak.

    Mana shu harakarim hali raqsda yengillik,
    Bir qiyo boqqin, boshqachaman, ha-huv.
    Ko`ngil qo`ygan bo`lsam, ha, ko`rgin hozirlik,
    E, klyoshning hurmati, xo`bmi jonim?

    Kiydim to`n, to`n, to`n,
    Beqasam to`n, to`n,
    Qani xaloyiq Navro`zingda kiy to`n.
    Yigitning guli kelar,
    Adras to`nlarda, qalam qosh.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.