(Bolajonim, uyga kir, kech bo`ldi…
Jonim bolam, sovqotib qolmadingmi?
Men seni yaxshi ko`raman, jonim bolam…
Jonim bolam, shakarim…)

Tog` orti quyosh ko`rdim,
Men o`zimni yosh bildim.
O`ksib adolat izlab,
Onamni sirdosh bildim.

“Faxrimsan, o, jon o`g`lim,
Yengilma, tik tur, mardim”,
Deb kuzatardilar duo qilib,
Onaginam, yolg`izim.

Do`stim serob, yorim bor,
O`gil-qiz niholim bor.
Ammo baribir hech kim
Onamning o`rnin bosolmas.

Ko`nglim olar elim bor,
Oydin oy, quyoshim bor.
Ammo baribir hech kim
Onamning o`rnin bosolmas.

O`rnin bosolmas…

Xulqi avliyo onam,
Ko`ngil oqim, bir donam.
Rizomisiz men ojizdan,
Ko`zlari mushtoqginam.

Yurak-bag`rim qon bo`ldi,
Ichim sirlarga to`ldi.
“Bolam, ayt, nima qildi?”,
Degan so`zingizni sog`indim.

Do`stim serob, yorim bor,
O`gil-qiz niholim bor.
Ammo baribir hech kim
Onamning o`rnin bosolmas.

Ko`nglim olar elim bor,
Oydin oy, quyoshim bor.
Ammo baribir hech kim
Onamning o`rnin bosolmas.

O`rnin bosolmas… O`rnin bosolmas…

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 20, 2016