Bojalar guruhi - Onam (2017) qo'shiq matni, lyrics

Bojalar guruhi

Onam (2017)

(Salom onajonim, nurli farishtam,
Ko`zlari nigorim, ayrilmas rishtam.
Diydor istagida yurakda sitam,
Sog`indim onajon, yomon sog`indim.

Bugun yuragimni sog`inchga o`rab,
Ming zorli dard bilan to`kilib, nurab,
Qalbimga yiqildim, iltijo so`rab,
Sog`indim onajon, yomon sog`indim.

Bilaman, yoshlarim ko`rib turibsiz,
Jannatning to`ridan qarab turibsiz,
Egilgan boshimni silab turibsiz,
Sog`indim onajon, yomon sog`indim.

Ozgina yig`ladim, ko`p emas, ona,
Ranjimang, men o`sha yig`loqi yana.
Goh kulib, goh o`ksib, yuribman mana,
Sog`indim onajon, yomon sog`indim.)

Ortimdan duo bilan kuzatar onamni sog`indim,
Men uchun jonin berar mo`tabar onamni sog`indim.
Tong sahardan “turing, bolam” der ovozni sog`indim,
Vaqt o`tmoqda, bitmas yaram, jannatimni sog`indim.

Onamni sog`indim,
Onam, sizni sog`indim.
Izlab ko`z, ezilar yuragim,
Qadrli onam, mening yagonam.

Onamni sog`indim,
Onam, sizni sog`indim.
Eslab hamon yig`lar yuragim,
Qadrli onam, mening yagonam.

Eng go`zal, eng hotirjam zamon o`tdi davringizda,
O`tdi-ketdi, dunyo bir kam, o`tiribman o`rningizda.
Qaytsa edi shu vaqt ortga, og`ritmasdim dilingizni,
Vaqt o`tmoqda, bitmas yaram, jannatimni sog`indim.

Onamni sog`indim,
Onam, sizni sog`indim.
Izlab ko`z, ezilar yuragim,
Qadrli onam, mening yagonam.

Onamni sog`indim,
Onam, sizni sog`indim.
Eslab hamon yig`lar yuragim,
Qadrli onam, mening yagonam.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onam (2017)
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 10, 2018