Boshim silab erkalagan,
Yig`lasam ko`z yoshim artgan
Onajonim, mehribonim.
Yiqilsam tog`day suyagan,
Kechalar uxlamay kutgan
Otajonim, mehribonim. (x2)
Sizni sog`indim…

Otam-onam –
Mening tuganmas-bitmas xazinam.
Biri ustozim, biri –
Qora ko`zli arzandam, aziz volidam. (x2)

O`zi yemay yedirgan,
O`zi kiymay kiydirgan
Onajonim, mehribonim.
Ko`zlarimga yoshim to`lar,
Sizday bo`lib o`tgim kelar
Otajonim, mehribonim. (x2)
Otam – mening gururim!

Otam-onam –
Mening tuganmas-bitmas xazinam.
Biri ustozim, biri –
Qora ko`zli arzandam, aziz volidam. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ota-onam
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 22, 2017