• Bojalar guruhi - O'zbekiston (O'zbegim)

    Bojalar guruhi

    O’zbekiston

    Sportchilarimiz bor – bu bitta jamoa,
    San`atkorlarimiz bor – bu bitta jamoa,
    Harbiylarimiz bor – bu bitta jamoa,
    Chorvador va dehqonlarimiz bor –
    Bu hammasi bitta jamoa – O`zbekiston!

    O`zbegim bugun o`zgacha,
    O`zbek oqibati boshqacha,
    Chorvador inson, fermer, dehqon
    Ayni bu zamon qahramon.

    Bobodehqon qilar yana mehmon,
    Sahro, cho`llarini qilar bog`u-bo`ston.
    Bobodehqon mana namoyon,
    Dilni yayratar shirmoy non.

    O`-o`-o`, o`zbegim, o`-o`-o`, o`zbegim,
    O`zbegim g`ururli, o`zbegim iymonli.
    O`-o`-o`, o`zbegim, o`-o`-o`, o`zbegim,
    O`zbegim mehnatli, o`zbegim hurmatli,
    O`zbekiston!

    E-e-e, o`-o`, O`zbekiston!
    E-e-e, o`-o`, O`zbekiston!
    O`zbekiston!

    Ko`rgan-bilgan hayron qolsin,
    O`zbek xalqi hammadan o`tsin,
    Bayrog`imiz hilpirab tursin,
    O`zbek xalqi kam bo`lmasin.

    Paxta tergan aka-ukalar,
    Suv keltirgan og`a-bojalar,
    Safda turgan askarlar,
    Baraka top-top, raka-raka top-top.

    O`-o`-o`, o`zbegim, o`-o`-o`, o`zbegim,
    O`zbegim g`ururli, o`zbegim iymonli.
    O`-o`-o`, o`zbegim, o`-o`-o`, o`zbegim,
    O`zbegim mehnatli, o`zbegim hurmatli,
    O`zbekiston!
    E-e-e, o`-o`, O`zbekiston!
    E-e-e, o`-o`, O`zbekiston! (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.