• Bojalar guruhi - Pulning kuchidan qo'shiq matni, lyrics

    Bojalar guruhi

    Pulning kuchidan

    Aql hayron qolar, pul nimalarga qodir,
    Bizning boshimizdan ne kunlarni etadi sodir.
    Yashash uchun emas, yemoq uchun yashaydi ko`plar,
    Pulni deya inson sotiluvchi buyumga o`xshar.

    Hattoki jigarlar
    Talashgancha yuz ko`rmas bo`lar,
    Dildan sevganing ham
    Pul bo`lmasa, qo`l siltab ketar.

    Pulning kuchidan sevgan yoring ketadi,
    Pulning kuchidan sodiq inson kam bo`ladi.
    Pulning kuchidan nomusini sotadi,
    Pulning kuchidan hatto iymon ketadi.

    Pul insonni emas, inson pulni yaratgan,
    Ammo shu kashfiyot bo`ynimizdan zanjir o`tkazgan.
    Boshin ko`tarmasdan, qon yig`latgan nomard farzandlar,
    Pulning hidin izlar, ota-ona esidan chiqqan.

    Hattoki jigarlar
    Talashgancha yuz ko`rmas bo`lar,
    Dildan sevganing ham
    Pul bo`lmasa, qo`l siltab ketar.

    Pulning kuchidan sevgan yoring ketadi,
    Pulning kuchidan sodiq inson kam bo`ladi.
    Pulning kuchidan nomusini sotadi,
    Pulning kuchidan hatto iymon ketadi. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.