Sahar, tunda ham yonaman, oshiqman,
Sahar, tunda ham yonaman, oshiqman,
Yonaman.

Umidvor, dildan maftuningdan,
Marhamating ayama.
Sensiz hech kimman, muhtojingman,
Nazaringdan chet qilma.

Ziyo-nur joyla qalbimga,
Sabr bo`l jonimga.
Ijozat ber, meni qabul et,
Yetay huzuringga.

Sahar, tunda ham yonaman, oshiqman,
Yonaman.

Ismingni aytish, yuragimdan sevish
Menga ulug` sharaf.
Qancha kutsam ham, husningga bir dam
Bo`layin musharraf.

G`aflatdan qutqar, yordam cho`z,
Dardimga tashla ko`z.
Qudratingni ta’riflashga
Topilmas loyiq so`z.

Sahar, tunda ham yonaman, oshiqman,
Yonaman.
Sahar, tunda ham yonaman, oshiqman,
Yonaman.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sahar
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 18, 2016