• Kechalari bedor g`arib,
    Sog`inaman, izlanaman,
    Yoding etib suratingga boylanaman.
    Qolamanmi man benasib
    Anbar bahor visolingdan?
    Boqarmanmi ko`zlaringga soz qiyodan?

    Sevaman, sevaman, sevaman, sevaman,
    Bog`larimning gulg`unchasi, seni sevaman.
    Sevaman, sevaman, sevaman, sevaman,
    Yuragimning ozmunchasi, seni sevaman.

    Seni ko`rsam, tuzalaman,
    Dardu g`amdan xalos yurak.
    Ne bo`lardi armon bo`lmay bir juft bo`lsak?
    Qolamanmi man benasib
    Anbar bahor visolingdan?
    Boqarmanmi ko`zlaringga soz qiyodan?

    Sevaman, sevaman, sevaman, sevaman,
    Bog`larimning gulg`unchasi, seni sevaman.
    Sevaman, sevaman, sevaman, sevaman,
    Yuragimning ozmunchasi, seni sevaman.

    Mening sodda hayronam,
    Yaqinim ham begonam,
    Kelgin, meni xursand et,
    Zaboni shirinam.

    Sahar vaqti ko`zlarimni
    Bilib, zor etma, yagonam.
    Kelgin, meni xursand et,
    Atirim, navbahorim.

    Hayronam… hayronam…

    Sevaman, sevaman, sevaman, sevaman,
    Bog`larimning gulg`unchasi, seni sevaman.
    Sevaman, sevaman, sevaman, sevaman,
    Yuragimning ozmunchasi, seni sevaman.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.