Nega nigohingda men ko’rsam o’zimni,
Go’yo yuragingda men tashladim izimni.
Uyalasan doim, so’zlolmaysan so’zlaring,
Yurak urar notinch seni har-xil harakatingdan.

Sezaman, sezaman, yorim sezaman,
Sevishing sen meni yolg’iz bilaman.
Bilaman, bilaman, yorim bilaman,
Yolg’on gapirma, sevishingni sezaman.

Qalbing taqdirdan bir meni so’radi,
Har bir nazarimdan ham yuraging uradi.
Menga zorliging ham – sevgi nomi oliy,
Mening borligimdan ham hayoting ma’noli.

Sezaman, sezaman, yorim sezaman,
Sevishing sen meni yolg’iz bilaman.
Bilaman, bilaman, yorim bilaman,
Yolg’on gapirma, sevishingni sezaman. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sezaman
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 17, 2014