• Bojalar guruhi - Sharmanda

    Bojalar guruhi

    Sharmanda

    Ajab… Ajab…

    Bo`ldi jonim, endi meni jonim dema,
    Jonim degan so`z yo`q men uchun.
    Jonim bitta, u o`zimning jonim,
    Yana kelaverib tegma jonimga.

    Ancha-muncha bo`ldi biz uchun
    Ayriliq kuyining chalinganiga.
    Hamma bilib bo`ldi, gap ko`paytirma,
    Mani qilma sharmanda.

    Ajab, sharmisoli sharmanda,
    Kulishadi bizni birga ko`rganda.
    Nima desa deyaversin, maylida,
    Ular ham bizga o`xshagan banda. (x2)
    Hamma o`ziga sharmanda!

    Sharmanda…

    Kimdir o`zi o`g`ri, a lekin ishi to`g`ri,
    Ishini ko`rsatadi, o`zini bekitadi.
    Ishonaver jonim, yashab turib birga,
    Dili bilan tili begona bir biriga.

    Kimdir likir-likir yugurib, darmon izlar dardiga,
    Topilganda teskari ta’sir bor har qanday dorida.
    Bir kam dunyo, har kim o`tar qanaqadir armonda,
    Yolg`iz qoldir, mani qilma sharmanda.

    Ajab, sharmisoli sharmanda,
    Kulishadi bizni birga ko`rganda.
    Nima desa deyaversin, maylida,
    Ular ham bizga o`xshagan banda. (x2)

    Sharmanda…

    Ajab, sharmisoli sharmanda,
    Kulishadi bizni birga ko`rganda.
    Nima desa deyaversin, maylida,
    Ular ham bizga o`xshagan banda. (x2)

    Ajab…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.