• Bojalar guruhi - Shirin-shirin

    Bojalar guruhi

    Shirin-shirin

    Jonima, jonim degin mani,
    Bekinma ko`zlarim yo`lingga tushganda,
    Nazar sol, qiyo boq ajab holimga.
    Jonima, jonim, erkam mani,
    Bitirma rejamni yurakdan urganda,
    Ozor berma zinhor shirin jonimga.

    Jonima-jonim, erkam mani,
    Asalim-asalim, erkam mani,
    Jonima-jonim, erkam mani,
    Erkam, erkam.

    Ha, shirin, shirin, shirin
    So`z aytmay qiynama mani.
    Salom-aliging qani,
    Go`zal oqibating qani?

    A-a, shirin, shirin, shirin
    Vaslingga boylama mani.
    Tuyg`ularimga javob bermay,
    Topasan mani.

    Ha, jonima jonim…

    Ohima, ohim, qarorgohim,
    Beraymi bugunda topgan borimni?
    Faqat yo`qlab turgin kelsam yodingga.
    Ohima, ohim, nazargohim,
    Hayajonlanganimdan o`zimda yo`qman,
    Uchratsam sig`mayman o`zim o`zimga.

    Jonima-jonim, erkam mani,
    Asalim-asalim, erkam mani,
    Jonima-jonim, erkam mani,
    Erkam, erkam.

    Ha, shirin, shirin, shirin
    So`z aytmay qiynama mani.
    Salom-aliging qani,
    Go`zal oqibating qani?

    A-a, shirin, shirin, shirin
    Vaslingga boylama mani.
    Tuyg`ularimga javob bermay,
    Topasan mani.

    Ha, jonima jonim…

    Ha, shirin, shirin, shirin
    So`z aytmay qiynama mani.
    Salom-aliging qani,
    Go`zal oqibating qani?

    A-a, shirin, shirin, shirin
    Vaslingga boylama mani.
    Tuyg`ularimga javob bermay,
    Topasan mani.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.