• Bojalar guruhi - Sivilizatsiya

    Bojalar guruhi

    Sivilizatsiya

    Sevgan yorimda bor mani “були карнизация”,
    Kecha kunda yoqlolmadim diter “диссертация”,
    Bo`ldi to`polon vaziyatli “ситуация”,
    Tez yordam kelib, qildi mani “регистрация”.

    Bog`im boru, bog`im bor-ey,
    Bog`imda anorim bor-ey,
    Armoni yo`q yigitman-ay,
    Peshonamda xolim bor.

    Sivilizatsiya, qilpillama yorim,
    Voy-ey, qilpillama yor.
    “Импровизация” qilaverma yorim,
    Bor-ey, ishxonangga bor! (x2)

    Xo`rozim baxtlimish, bo`ldi “сенсация”,
    Uyimga yetib keldi “радиостанция”.
    Telefonni qildim “переадресация”,
    “Д’артаньян” qo`shig`i “Констанция”.

    Bog`im boru, bog`im bor-ey,
    Bog`imda anorim bor-ey,
    Armoni yo`q yigitman-ay,
    Peshonamda xolim bor.

    Sivilizatsiya, qilpillama yorim,
    Voy-ey, qilpillama yor.
    “Импровизация” qilaverma yorim,
    Bor-ey, ishxonangga bor! (x2+x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.