Bojalar guruhi - Sog'insam (Sog'indim) qo'shiq matni, lyrics

Bojalar guruhi

Sog’indim (Sog’insam)

Yaxshi qol sevgilim, yig`lamagin hech,
Xizmatni o`tab qaytaman.
Senga bo`lgan sevgim, muhabbatimni
Endi xatlarda aytaman.

Sog`insang o`sha kunlarni,
Birga yurgan vaqtimizni eslagin.
Sog`insang bedor tunlarni,
Ikkimizning baxtimizni o`ylagin.

Sog`indim,
Hali ketmasimdan sog`indim,
Manzilga yetmasdan sog`indim
Ko`zlaringni, yuzlaringni. (x2)

Salom go`zalim mani, yaxshimisanmi?
Sani tushlarimda ko`rdim.
Xayolimdasan mani har doim, har payt,
Ko`rishsam, sevaman derdim.

Sog`insang o`sha kunlarni,
Birga yurgan vaqtimizni eslagin.
Sog`insang bedor tunlarni,
Ikkimizning baxtimizni o`ylagin.

Sog`indim,
Hali ketmasimdan sog`indim,
Manzilga yetmasdan sog`indim
Ko`zlaringni, yuzlaringni. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’indim (Sog’insam)
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 24, 2018