• Domla salom, xullas kalom,
    Baxt kulgan on bo`ldim talaba.
    Harakatdaman, harajatdaman,
    Intilaman, bu axir “судьба”.

    Intelegentman, bilimdon agentman,
    “Вообще-то” umuman hammasi a’lo.
    Kompyuter kalla, hammalardan ko`ra,
    Reytingda to`la eng oliy baho.

    Har kun “приключения”, talaba-talaba,
    Yashar ilmu-fan deya talaba-talaba.
    Sevib yeydiganimiz har kuni gumma, talaba-talaba,
    Chunki unga ketadi juda kam summa, talaba-talaba.

    Ertalab-u azon bilim yurti tomon
    Asta boraman.
    Go`zallarni ko`rib, ularga gap otib,
    Ushlanib qolaman.

    Intelegentman, bilimdon agentman,
    “Вообще-то” umuman hammasi a’lo.
    Kompyuter kalla, hammalardan ko`ra,
    Reytingda to`la eng oliy baho.

    Har kun “приключения”, talaba-talaba,
    Yashar ilmu-fan deya talaba-talaba.
    Sevib yeydiganimiz har kuni gumma, talaba-talaba,
    Chunki unga ketadi juda kam summa, talaba-talaba.

    “Talabalar” nuqta “uz”, zerikishdan umid uz,
    Kayfiyat bo`lar yuz, daraja yuz.
    Talaba turar joyi – oltin davri saroyi,
    Harakatda “молодежь”, o`tirmagin bo`sh.

    Har kun “приключения”, talaba-talaba,
    Yashar ilmu-fan deya talaba-talaba.
    Sevib yeydiganimiz har kuni gumma, talaba-talaba,
    Chunki unga ketadi juda kam summa, talaba-talaba.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.