Bojalar guruhi - Va'daboz

Bojalar guruhi

Va’daboz

Assalom dedik, lekin aligi qayda?
Taraqa-turuq kun ora, chelak uchar boshimga.
Hol-ahvolingni so`rasam, baloga qolarim mani,
Negadir men uchun doim eshiging yopiq, nimaga?

Qars-qurs deb, sindirasan yuragimni,
Dalada chivinga talanib, tergan gullarimni.
Qoshlarim burmalanib, sharoitimga ko`nib,
Turibman ko`raman deb, ko`zlarim uchib.

Ey, lay, lay, lay,
Lala, lay, lay, lay,
Lay, nay, nay,
Lala, lay, nay, nay. (x2)

Ha jonim mani… E, mani jonim!

Yoqtirma mayli, tomonimga qarama,
Urinaverib, oxiri yo`l toparman qalbingga.
Kamim yo`q ko`rgin, kamida quvvatga to`la bilagim,
Man qirchillama yigit, e voy belim…

Qars-qurs deb, sindirasan yuragimni,
Dalada chivinga talanib, tergan gullarimni.
Qoshlarim burmalanib, sharoitimga ko`nib,
Turibman ko`raman deb, ko`zlarim uchib.

Ey, lay, lay, lay,
Lala, lay, lay, lay,
Lay, nay, nay,
Lala, lay, nay, nay. (x4)

Ha jonim mani… E, mani jonim!

Man keldim jonim,
Faqat chelaging bilan urmagin yana, xo`p?
Kecha olib kelgan gullarimni mollaringga yedirvoribsan-a?
Ha mayli, man yana terib kelaveraman san uchun.
Ha mani jonim!

Lay, lay, lay,
Lala, lay, lay, lay,
Lay, nay, nay,
Lala, lay, nay, nay. (x4)

Ha jonim mani… E, mani jonim!

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Va’daboz
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 13, 2016