Man o’zbek o’g’loniman,
G’ayrat oshpaz otamning erka farzandiman,
Onamning suyanchiman.

Man o’zbek o’g’loniman,
Tarixiy millatning avlodi davomiman,
Shu elning ixlosiman.

O’lkamda davom sayrini etarman,
Makonim Samarqand, kulbam Buxoro.
Vatanga muqim xizmatda o’tarman,
Ey beg’ubor zamin, jonim senga fido.

Vatanim – baland himmatim,
Mag’rur g’ururim, nur makon.
Vatanim – ulug’ savlatim,
Shamsu qamarim, bu dunyodagi behishtim.

Chetda yursam sog’inaman,
Ko’zimning qarosi – Toshkentga talpinaman,
Ko’ribon tinch topaman.

Chetda yursam sog’inaman,
O’zbegim zabonining oshiq, shaydosiman,
Shu elning fidosiman.

O’lkamda davom sayrini etarman,
Makonim Shahrisabz, kulbam Andijon.
Mamnun hol, erkin parvozda ucharman,
Yurtimning boshi bor, adolatli sarbon.

Vatanim – baland himmatim,
Mag’rur g’ururim, nur makon.
Vatanim – ulug’ savlatim,
Shamsu qamarim, bu dunyodagi behishtim. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatanim
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 18, 2015