• Yuragim bardosh berolmay
    Ko`zlarimda yosh, (ko`zlaringda yosh)
    Qo`llarim qalam usholmay,
    Ko`tarolmay bosh. (Ko`tarolmay bosh)

    Bemor bo`lgan yuragimga
    Topolmay malham,
    Azobli kunlarin ko`rib,
    Ko`zlaringda nam.

    Azobli kunlarin ko`rib,
    Ko`zlaringda nam.

    Qo`llarim qo`lingga yetmas,
    Hayoting alam.
    Orzular bekor ekanku,
    Yuragimda g`am. (x2)

    Orzular bekor ekanku,
    Yuragimda g`am.

    Gunohim faqat men uchun –
    Seni sevganim. (sevganing)
    Armonlar o`tida yonib,
    Ko`rgan kunlarim.

    Senga bo`lgan tuyg`ularim
    So`nmaydi nega?
    Derazang oldidan endi
    Ketolmayman nega?

    Derazang oldidan endi
    Ketolmayman nega?

    Qo`llarim qo`lingga yetmas,
    Hayoting alam.
    Orzular bekor ekanku,
    Yuragimda g`am. (x2)

    Orzular bekor ekanku,
    Yuragimda g`am.

    Qo`llarim qo`lingga yetmas,
    Hayoting alam.
    Orzular bekor ekanku,
    Yuragimda g`am. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.