Bojalar guruhi - Yarim baxt qo'shiq matni, lyrics

Bojalar guruhi

Yarim baxt

Kel, ro`zg`orni bo`lishamiz,
Murosaga kelishamiz.
Arralaymiz teppa-tengga –
Yarmi sanga, yarmi manga!

San ko`zlarda yoshing bilan,
Man mag`rur, tik boshim bilan,
Shior bilan kirdik jangga,
Yarmi sanga, yarmi manga.

Ayriliq ham bo`ldi ayon,
Kimga foyda, kimga ziyon?
Bo`lindi hatto bir tanga,
Yarmi sanga, yarmi manga.

Yarmi sanga, yarmi manga,
Orzu-umid bo`ldi sarob.
Yarmi sanga, yarmi manga,
O`rtada farzandga azob.

Yarmi sanga, yarmi manga
Beparvolikning gunohi.
Yarmi sanga, yarmi manga
Begunoh farzandlar ohi.

Ko`zlar to`qnashsa yovqarash,
Arzimas matolar talash.
Yirtilib ketdi go`shanga,
Yarmi sanga, yarmi manga.

Qarindoshlar yig`ilishdi,
Dakki aytib bo`g`ilishdi.
Tog`a, amma, xola, yanga,
Yarmi sanga, yarmi manga.

Farzandlarning dili vayron,
Termulib zor, boqar hayron
Bizlardagi sovuq rangga,
Yarmi sanga, yarmi manga.

Turolmadik ahdimizda,
O`ynab-kular vaqtimizda,
Baxtni sindirdik attang-a,
Yarmi sanga, yarmi manga.

Yarmi sanga, yarmi manga,
Orzu-umid bo`ldi sarob.
Yarmi sanga, yarmi manga,
O`rtada farzandga azob.

Yarmi sanga, yarmi manga
Beparvolikning gunohi.
Yarmi sanga, yarmi manga
Begunoh farzandlar ohi.

Kel, ro`zg`orni bo`lishamiz…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yarim baxt
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 15, 2018