• Bojalar guruhi - Yoringman 2 (Guli sanam) qo'shiq matni, lyrics

    Bojalar guruhi

    Yoringman 2 (Guli sanam)

    Nozlanib qadam tashlar bu oydin kechalar,
    Erkalab, silab o`tar mayin bu shamollar.
    Shamollar ichra o`tar go`zal guli sanam,
    Yuragim zor bo`ladi senga, qoshi qalam.

    Xushro`yi, ro`yi pari, dilraboyim mani,
    Nozlaring mast aylab, fig`on etdi mani.
    Kechalar zor, bedavo bo`lgan kunlar qani?
    Mana man yoringman-ey, degan kuylar qani?

    Hey guli sanam,
    Qoshi-ko`zi qora qalam,
    Sani sevgan yoringman-ey,
    Sanga bemor o`zimman-ey. (x2)

    Yoringman, yorim bo`l, ohu ko`zli dilbarim,
    Yuragim zor uradi, sababin bilmadim.
    Dardimga davo bo`lgay sening shirin so`zing,
    Dilimga navo solgay nurday yorqin ko`zing.

    Xushro`yi, ro`yi pari, dilraboyim mani,
    Nozlaring mast aylab, fig`on etdi mani.
    Kechalar zor, bedavo bo`lgan kunlar qani?
    Mana man yoringman-ey, degan kuylar qani?

    Hey guli sanam,
    Qoshi-ko`zi qora qalam,
    Sani sevgan yoringman-ey,
    Sanga bemor o`zimman-ey. (x2+x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.