• Bojalar guruhi - Yoringman

    Bojalar guruhi

    Yoringman

    Kechalar zor, bedavo kechalar,
    Nozlanib ochiladi, erkalanib g`unchalar.
    Bir go`zal sarviravon, guliranoning vasliga
    Dilginam zor bo`ladi, zor bo`ladi bunchalar.

    Xushro`yi shirin zabon, gulira’noning vasliga
    Yulduzlar termuladi, termuladi to`ymasdan.
    Yonaman, sog`inaman, kechalari uxlolmay,
    Yuragim zor uradi, zor uradi tinmasdan.

    Mana man yoringman-ey,
    Bemoru zoringman-ey,
    Sani man ishqing bilan
    Ado bo`lgan xumoringman-ey. (x2)

    Mani bemor qilgan charos-charos ko`zlaring,
    Endi dardimga davo faqat shirin so`zlaring.
    Maning bu kuylarimdan, shiringinam, noz etma,
    Qalbimda uyg`ongan ilk bahorimni rad etma.

    Xushro`yi shirin zabon, gulira’noning vasliga
    Yulduzlar termuladi, termuladi to`ymasdan.
    Yonaman, sog`inaman, kechalari uxlolmay,
    Yuragim zor uradi, zor uradi tinmasdan.

    Mana man yoringman-ey,
    Bemoru zoringman-ey,
    Sani man ishqing bilan
    Ado bo`lgan xumoringman-ey. (x2+x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.