Bojalar guruhi - Yoshliging (Yoshlar ittifoqi)

Bojalar guruhi

Yoshliging

Yoshlar ittifoqi!

Ko`ngil yoshligini har dam qo`msaydi,
Oh, sening yoshliging menda bo`lsaydi.
Takror etmas edim bag`ritoshliging,
Oh, menda bo`lsaydi sening yoshliging.

Namuncha yengilsan, namuncha daydi?
Oh, sening yoshliging menda bo`lsaydi.
Bo`lmasdi beg`amlik, bebardoshliging,
Oh, menda bo`lsaydi sening yoshliging.

Oh, sening yoshliging, sening yoshliging,
Oh, sening yoshliging, sening yoshliging.
Namuncha yengilsan, namuncha daydi?
Oh, sening yoshliging menda bo`lsaydi. (x2)

Yoshlar ittifoqi!

Tong yulduzi kabi bir on kulsaydi,
Oh, sening yoshliging menda bo`lsaydi.
O`tda yondirardim ko`ngil g`ashliging,
Oh, menda bo`lsaydi sening yoshliging.

Oh, yuraging sevgiga yana to`lsaydi,
Oh, sening yoshliging menda bo`lsaydi.
Shodlik, ko`klamliging, serquyoshliging
Jahon yoritadi xuddi yoshliging.

Oh, sening yoshliging, sening yoshliging,
Oh, sening yoshliging, sening yoshliging.
Namuncha yengilsan, namuncha daydi?
Oh, sening yoshliging menda bo`lsaydi. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yoshliging
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 13, 2017