Bojalar guruhi - Zardalaring qo'shiq matni, lyrics

Bojalar guruhi

Zardalaring

Bir talabimga demading xo`p,
Voy ne desam, bahonalaring sani juda ko`p,
A mayli, deb ishonaman,
A mayli, deb ishonaman.

Bo`ldi-bo`ldi jim, gapirma,
Zardalaring bilan yana meni qiynama.
A mayli, deb ishonaman,
A mayli, deb ishonaman.

Har safar yana bitta bahonadan
Gapira-gapira boshlagansan,
Janjal boshi bir o`zing, faqatgina bir o`zing.
Ishonib yana g`iybat, gumonlarga,
Yanada ham ko`p ishonmagin,
Ko`rmasa ko`zing, ko`rmagan bo`lsa ko`zing.

Yer dumaloq, boshlama balo,
Qiynamagin bo`ldi, ay-yay-yay-yay.
Kayfiyat a’lo, bo`ldi qil balo,
Zardalaring o`tdi, ay-yay-yay-yay. (x2)

Bir gapirdimmi indama,
Asablaringga barham ber, lek sinama.
A bo`ldi, qilma zardalar,
Beraverma zarbalar.

Ey, na’muna bo`lib hammaga,
Go`zal hayotimiz porlasin dunyoga.
Hamma qilsin havaslar,
Qilaverma arazlar.

Har safar yana bitta bahonadan
Gapira-gapira boshlagansan,
Janjal boshi bir o`zing, faqatgina bir o`zing.
Ishonib yana g`iybat, gumonlarga,
Yanada ham ko`p ishonmagin,
Ko`rmasa ko`zing, ko`rmagan bo`lsa ko`zing.

Yer dumaloq, boshlama balo,
Qiynamagin bo`ldi, ay-yay-yay-yay.
Kayfiyat a’lo, bo`ldi qil balo,
Zardalaring o`tdi, ay-yay-yay-yay. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Zardalaring
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 28, 2017