Bonu - Meniki emassan

Bonu

Meniki emassan

Yo`q, bilmading, sevganim bilmading,
Yo`q, sevmading, hech qachon sevmading.
Taqdir shumidi, taqdir shumidi? –
Sendan so`rayman,
Aldab yurasan, tashlab meni san!

Yor, meniki emassan,
Meniki bo`lmaysan, jonim, hech qachon.
Yor, endi tinch uxlagin,
Yonimga kelmagin,
Men bilan hech qachon boshqa uchrashmaysan!

Yo`q, kelmading, ataylab kelmading,
Yo`q, sen mening sevgimni sinading.
Balki yolg`ondir, balki yolg`ondir
Hamma o`ylarim –
Sevsang, hech qachon yolg`iz qo`ymasding.

Yor, meniki emassan,
Meniki bo`lmaysan, jonim, hech qachon.
Yor, endi tinch uxlagin,
Yonimga kelmagin,
Men bilan hech qachon boshqa uchrashmaysan! (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Meniki emassan
Xonanda:
Bonu
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 21, 2017