Botir Qodirov - Adashdim

Botir Qodirov

Adashdim

Uzun-uzun sochlaringni qarosida adashdim,
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim. (x2)

Umidvor bo’ldi ko’ngil visoling lazzatiga,
Ammo hijronning jabru-jafosida adashdim.
Umidvor bo’ldi ko’ngil visoling lazzatiga,
Ammo hijronning dardi-davosida adashdim.

Ishq sahrosin kezib dor, sani izladim bedor,
Topolmay ko’z yoshlarim daryosida adashdim.

Uzun-uzun sochlaringni qarosida adashdim,
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim.
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim.

Adashganim bo’ldi rost, gul umrimdan ketdi yoz, (x2)
G’o’r yoshlikning tuzalmas xatosida adashdim. (x2)

O’chmadi shirin yoding xayolim ko’zgusidan, (x2)
Seni izlab o’zga yor siymosida adashdim. (x2)

Uzun-uzun sochlaringni jilosida adashdim,
Ikki kamon qoshlaringni qarosida adashdim.
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim,
Uzun-uzun sochlaringni jilosida adashdim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Adashdim
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 2, 2014