Botir Qodirov – Ajab ermas

Botir Qodirov

Ajab ermas

Bu kunlar katta yo`lda bir dovon bo`lsa ajab ermas,
Muqarrar ortida yo`l eng ravon bo`lsa ajab ermas.

Vatanga sidqi iymon, imtihon bo`lsa ajab ermas,
Farovon yurt-u olam tinch jahon bo`lsa ajab ermas.

Biz etgan barcha orzular ayon bo`lsa ajab ermas,
Ne ishlar o`tdi boshlardin, u kunlar qaytmagay zinhor,
Zinhor, zinhor.

Unut bo`lgay chekilgan dard, jarohat, kulfat-u ozor,
Ko`ngilda bo`lmagay hech dog`, g`ubordan toza bo`lmoq bor.

Bulut davron shamolida nihol bo`lsa ajab ermas,
Sen ey, sen ona yurtim, ko`hna-yu yosh O`zbekistonim,
Hamisha sen o`zingsan boisi ash’or-u dostonim,
G`ururim, nomusim, shodlik, g`amim, obod-u payhonim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ajab ermas
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 26, 2017