• Botir Qodirov - Axtarsam

    Botir Qodirov

    Axtarsam

    Ki xo`blar xo`bini do`stlar,
    Men Andijondin axtarsam.
    Makonini aniq bilmam –
    Buxoro sorig`a yursam. (x2)

    Aning oydek jamolini
    Ko`rish – yolg`iz mening orzum,
    Mashaqqat tog`idan oshib,
    Samarqand shahriga borsam.

    Magar ulki malak siymo
    Parilar naslidan bo`lsa,
    Kiyib darvesh kulohin men,
    Namangonga borib kelsam.

    Kiyib darvesh kulohin men,
    Namangonga borib kelsam.

    Go`zal shohim qul izlab
    Kirsakim qullar bozoriga,
    O`zimni qul qilib, mayli
    Qo`qon bozoriga solsam.

    Kamon qosh, ohu ko`z birlan
    Sehrlabdir mening qalbim,
    Fidoyi ishq bo`lib Xiva
    Ko`chasida gado bo`lsam.

    Fidoyi ishq bo`lib Xiva
    Ko`chasida gado bo`lsam.

    Agar Farhodu Majnun ham
    Jam bo`lsa barcha oshiqlar,
    Muhabbatdin saboq aytib,
    Go`zal Toshkentda o`ltirsam.

    Bobo Rustam, hushing-o`nging
    Bilan ezgu duo ayla,
    To`yib husnu jamolidin,
    Shu Toshkent shahrida qolsam.

    To`yib husnu jamolidin,
    Shu Toshkent shahrida qolsam.

    Ki xo`blar xo`bini do`stlar,
    Men Andijondin axtarsam.
    Makonini aniq bilmam –
    Buxoro sorig`a yursam.