• Botir Qodirov – Balle-balle

    Botir Qodirov

    Balle-balle

    (Balle-balle…
    Balle-balle… Balle-balle… {x4})

    Oshig`ingman, devonaman,
    Dilga bergan ishqingga balle,
    Jonga rohat ishqingga balle.
    Yuzingga oydin ruxsor etding,
    O`zingga ming bor xushtor etding,
    Farishta, gul qomatingga balle.

    Aylama o`zingdan yiroq,
    (Yor, yolg`iz aylama {x2})
    Ayirma, yurma o`zingdan yiroq.
    (Yor, yolg`iz aylama {x2})

    (Balle-balle… Balle-balle… {x4})

    Jonni jonga payvasta etding,
    Xasta ko`nglim orasta etding,
    O`zimga boqqan ko`zingga balle.
    Bale, daydi-daydiman xayollaringda,
    Bandi-bandiman ozorlaringga,
    Xumoridurman ovozlaringni,
    Asaldek yoqqan so`zingga balle.

    Aylama o`zingdan yiroq,
    (Yor, yolg`iz aylama {x2})
    Ayirma, yurma o`zingdan yiroq.
    (Yor, yolg`iz aylama {x2})

    (Balle-balle… Balle-balle… {x8})

    Balle-balle… Op, balle-balle…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.