• Botir Qodirov - Bir bo'sa ber

    Botir Qodirov

    Bir bo’sa ber

    Ey yuzing shavqi tanimdin oldi jon, bir bo`sa ber,
    Vay labing zavqi ichimni qildi qon, bir bo`sa ber. (x2)

    Tobakay qahring bila nokom o`ylakim goh-gohi,
    Til uchidin lutf etib ochib dahon, bir bo`sa ber.

    Xastalarg`a no`shi la’lingdur ravo baxsh abad,
    To topoy man ham hayoti jovidon bir bo`sa ber,
    Bir bo`sa ber.

    Gar tani bemorima bermak tilarsan noza jon,
    Jon kibi ko`ksim aro aylab makon, bir bo`sa ber.

    Bo`sai la’ling nabotig`a gar istarsan baho,
    Mandin olib hosil-u, jon-u jahon, bir bo`sa ber.

    Yo`qsa izhor aylabon mehru-muruvvat rasmini,
    Man g`aribi bedilingga royig`on bir bo`sa ber.

    Lahza-lahza to`tiyi ta’bimni go`yo istasa,
    Shakkaristoni labingdin har zamon bir bo`sa ber.

    Oshkoro bo`sa bermakdin agar sharm aylasang,
    Xilvat ichra kelib, eldin nihon bir bo`sa ber.

    Ogahiy piru zaif o`lmish chekib ishqing yukin,
    Istasang oni qari-yu, navjivon, bir bo`sa ber,
    Bir bo`sa ber.

    Bir bo`sa ber…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.