Botir Qodirov - Bodom qovoqlaringdan

Botir Qodirov

Bodom qovoqlaringdan

Bir bor go`zal qizlar ichra
Chiroyda yagonasi,
Sevdim desam, nega xursand
Yonida dugonasi?

Bir on vaqtin olay desam,
Bor yana bahonasi,
O`rniga gap aytib turar
Yonida dugonasi.

Dilim siyoh maning
Yorginamga yetolmay,
Dilimdagi so`zlarimni
Yorga bayon etolmay.

Bodom qovoqlaringdan,
Gilos dudoqlaringdan,
Qachongacha azob chekay
Nozu-firoqlaringdan? (x2)

Har on undan xavotirman,
Boqsa gar begonasi.
O`rtamizda bo`ldi sarson
Yonida dugonasi.

Manzilini olay dedim,
Qayda yor koshonasi?
Aytolmaydi, yo`l qo`ymaydi
Yonida dugonasi.

Dilim siyoh maning
Yorginamga yetolmay,
Dilimdagi so`zlarimni
Yorga bayon etolmay.

Bodom qovoqlaringdan,
Gilos dudoqlaringdan,
Qachongacha azob chekay
Nozu-firoqlaringdan? (x2)

(Bodom qovoqlaringdan)
Gilos dudoqlaringdan,
(Bodom qovoqlaringdan)
Nozu-firoqlaringdan.

Bodom qovoqlaringdan,
Gilos dudoqlaringdan,
Qachongacha azob chekay
Nozu-firoqlaringdan? (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bodom qovoqlaringdan
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 11, 2016