Botir Qodirov - Diydor uchun

Botir Qodirov

Diydor uchun

Dunyo go’zal sen bor uchun,
Borsam baxtu ozor uchun-ey.
Men yashayman sog’inchlarda
Bir lahzalik diydor uchun-ey.

Chinorning ostida o’zim,
Qadrning pastida o’zim,
Bosh egik, sarg’aydi yuzim
Bir lahzalik diydor uchun-ey.
O’zim har joydaman, ko’nglim sandadir-a,
Bir lahzalik diydor uchun-ey.

Kunlarni tunga ulayman,
Tushga kirar deb uxlayman. (x2)
Mayli undan so’ng o’lay man
Bir lahzalik diydor uchun-ey. (x2)

Chinorning ostida o’zim,
Qadrning pastida o’zim,
Bosh egik, sarg’aydi yuzim
Bir lahzalik diydor uchun-ey.
O’zim har joydaman, ko’nglim sandadir-a,
Bir lahzalik diydor uchun-a.

Ayt sevgilim, mendekmisan,
Dardlarimga sherikmisan?
Balki sen ham tirikmisan
Bir lahzalik diydor uchun-ey. (x2)

Chinorning ostida o’zim,
Qadrning pastida o’zim,
Bosh egik, sarg’aydi yuzim
Bir lahzalik diydor uchun-ey.
O’zim har joydaman, ko’nglim sandadir-a,
Bir lahzalik diydor uchun-ey.

Ey, bir lahzalik diydor uchun-ey…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Diydor uchun
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 18, 2013