• Botir Qodirov - Do'ppi

    Botir Qodirov

    Do’ppi

    Poyimda qolar Himolay cho`qqisi,
    Boshimda tursa marg`ilon do`ppisi.
    Poyimda qolar Everest cho`qqisi,
    Boshimda tursa Andijon do`ppisi.

    Tog`lardan mag`rurman, tog`lardan baland,
    Men o`zbekman, boshda o`zbek do`ppisi. (x2)
    Men o`zbekman, boshda o`zbek do`ppisi!

    Surhondo`ppi, anjondo`ppi, shoshdo`ppi,
    Boshga kiysam, turar mag`rur bosh, do`ppi. (x2)
    Shoir Chustiy Mahmud polvon boshidan
    Arimagan dillarga dildosh do`ppi. (x2)

    Poyimda qolar Himolay cho`qqisi,
    Boshimda tursa Andijon do`ppisi.
    Poyimda qolar Himolay cho`qqisi,
    Boshimda tursa o`zbegim do`ppisi.

    Tog`lardan mag`rurman, tog`lardan baland,
    Men o`zbekman, boshda o`zbek do`ppisi.
    Men o`zbekman, boshda o`zbek do`ppisi!

    Asli millat tojidirsan sen azal,
    O`zligimdan so`ylagaysan har mahal. (x2)
    Afriqo-yu, Amriqo-yu, har yerda
    O`zbegimning faxridirsan eng avval. (x2)

    Poyimda qolar Himolay cho`qqisi,
    Boshimda tursa o`zbegim do`ppisi. (x2)
    Tog`lardan mag`rurman, tog`lardan baland,
    Men o`zbekman, boshda o`zbek do`ppisi. (x2)

    Men o`zbekman, boshda o`zbek do`ppisi… {x2}

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.